Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2025, Тошкент вақти: 03:10

Agentlik: O‘zbekistonga o‘tgan yili 500 chog‘li migrant jasadi qaytdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

2024-yili O‘zbekistonga boshqa davlatlardan qonuniy asosda ishlayotgan 483 nafar mehnat muhojirining jasadi olib kelingan. Mahalliy matbuot xabariga ko‘ra, bu haqda Migratsiya agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tgan hafta AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytilgan.

Agentlik vakillari qaydicha, jasadlarning katta qismi (474 ta jasad) Rossiyadan qaytarib olib kelingan. Shuningdek, o‘tgan yili Turkiyadan besh nafar, Janubiy Koreya va Qozog‘istondan to‘rt nafar o‘zbekistonlikning jasadi qaytarilgan.

Migratsiya agentligi boshqarma boshlig‘i Nigora Isroilova jasadlarni qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar davlat budjeti hisobidan qoplangani, jasad qaysi mamlakatdan qaytarilayotganiga qarab bu xarajatlar taqriban 1000 dollardan (Rossiya) 9000 ming dollargacha (Janubiy Koreya, Yaponiya) bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Agentlik mas’ullariga ko‘ra, 2024-yilda xorijiy o‘lkalarda qiyin vaziyatga tushib qolgan 775 nafar hamda jiddiy jarohat olgan 182 nafar o‘zbekistonlik ham vataniga qaytarilgan.

XS
SM
MD
LG