Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2025, Тошкент вақти: 00:28

Erkinjon  Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi v.b. etib tayinlandi


Erkinjon  Turdimov
Erkinjon  Turdimov

Samarqand viloyatining sobiq hokimi Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.

O‘tgan yilgi parlament saylovlari ortidan Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida hokimlikk qayta tasdiqlangan Turdimov noyabr oyi oxirida Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan.

Hokimning iste’fosi uning sog‘ligi bilan izohlangan, ammo oradan ko‘p o‘tmay, Turdimov prezident administratsiyasida lavozimga tayinlangandi.

55 yoshli Turdimov 2018-yildan 2024-yilgacha Samarqand viloyati hokimi bo‘lgan, 2008−2016-yillar davomida Navoiy viloyatini boshqargan. Undan so‘ng 2 yil Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2018-yilda Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlangandi.

Sirdaryo viloyatining avvalgi hokimi Akmaljon Mahmudaliyev 16-yanvar kuni prezident raisligidagi yig‘ilishda ishdan olingandi. U hududda investitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish kabilarda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun tanqid qilingan.

XS
SM
MD
LG