Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2025, Тошкент вақти: 00:06

700 ga yaqin o‘zbekistonlik Germaniyada haydovchilik qiladi


.Yearopa, migrantlar
.Yearopa, migrantlar

O‘zbekistonlik og‘ir yuk mashina haydovchilari Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda, deya ma’lum qildi Migratsiya agentligi.

Migratsiya agentligi, Germaniyaning SBH West GmbH (Stiftung Bildung & Handwerk) hamda “Vatanparvar” tashkilotlari o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolangan.

Agentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ikki davlat migratsiya sohasida ilk bor amaliyotga tatbiq etayotgan bu kelishuv natijasida 700 nafar o‘zbekistonlik Germaniyada yuk mashinalari, avtobus va lokomotiv haydovchisi sifatida ishlash imkoniga ega bo‘ladi.

Talabgorlar O‘zbekiston hududida nemis tilini o‘rganib, “Vatanparvar” tashkilotida qayta tayyorlov kursida malaka oshirgach, Germaniyaga ishga yuboriladi. Oylik maosh 2400-2600 yevroni tashkil etishi aytilmoqda.
“Hozirda Germaniyada 80 mingga yaqin og‘ir yuk haydovchilariga talab bor. Bu borada o‘zbekistonlik ishchilarning til o‘rganish borasidagi salohiyati va kasbiy o‘zlashtirish qobiliyati Germaniya ish beruvchilari tomonidan alohida e’tiborga olinmoqda”, deya SBH West GmbH direktori Peter Niemanndan iqtibos keltirgan Daryo.uz nashri.

Agentlik hozirgi kunda bir guruh tinglovchilar onlayn o‘qiyotgani, yaqin kunlarda yangi guruhlar ochilib, keng miqyosli o‘qishlar boshlanishini bildirgan.

Ozodlik kansler Olaf Sholsning o‘tgan yil sentyabr oyida Samarqandga tashrifi yakunida Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida migratsiyaga doir kelishuv imzolangani haqida xabar bergandi.

O‘shanda Germaniya temir yo‘l transporti, avtobus, metropoliten tizimi uchun mutaxassislarga ehtiyoj katta ekani ta’kidlangandi.

XS
SM
MD
LG