Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2025, Тошкент вақти: 00:11

Mirziyoyev Trampni O‘zbekistonga taklif qildi


Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp. Vashington, 16-may, 2018-yil.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp. Vashington, 16-may, 2018-yil.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSH prezidenti lavozimiga rasmiy kirishgani munosabati bilan tabrikladi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qilishicha, Mirziyoyev o‘z maktubida Trampning yangi muddatdagi faoliyati davomida AQSHning xalqaro maydondagi nufuzi va obro‘-e’tibori, iqtisodiy qudrati va salohiyati, global miqyosdagi o‘rni va ahamiyati yanada ortishiga ishonch bildirgan.

Maktubda Toshkent Vashingtonning mamlakat mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosatini yuqori baholashi va alohida qadrlashi qayd etilgan.

“Sizning birinchi prezidentlik davringizda O‘zbekiston–AQSH o‘rtasida yangi davrdagi strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilganini va ko‘p qirrali aloqalarimiz yuqori bosqichga ko‘tarilganini istar edim. Biz bundan keyin ham ikki va ko‘p tomonlama platformalar doirasida uzoq muddatli hamkorligimizni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz”, degan O‘zbekiston prezidenti qutlov maktubida.

Matbuot xizmati qaydicha, Mirziyoyev Trampni tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etgan.

Donald Tramp 20-yanvardan AQSHning 47-prezidenti sifatida vakolatlarini bajarishga kirishdi.

O‘zbekistonning 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida AQSH bilan strategik sheriklikni chuqurlashtirishga doir bir qator vazifalar belgilangan.

Трамп маъмурияти. Ўзбекистонни нима кутади?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:01 0:00

Loyihaga muvofiq, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi joriy yil yakuniga qadar Qo‘shma Shtatlar yangi ma’muriyati vakillari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatishi va oliy darajadagi tashrifni tashkil etishi kerak.

2024-yil 6-noyabr kuni Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklagan Mirziyoyev uni “boy tajribali va mohir siyosatchi” deb ta’riflagandi.

XS
SM
MD
LG