DXXning sobiq raisi Abdusalom Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) prezidenti lavozimini tark etdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
O‘FAning Telegramdagi rasmiy kanalida joriy yil 22 fevral kuni assotsiatsiyaning navbatdan tashqari saylov qurultoyi bo‘lib o‘tishi va ungacha tashkilot prezidenti vazifasini birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov bajarib turishi ma’lum qilingan.
Abdusalom Azizov O‘FAni 2019 yil 15 iyuldan buyon boshqarib kelayotgandi.
Ozodlik avval xabar berganidek, 2024-yilning 23-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan hukumat majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Azizovni lavozimdan bo‘shatgandi.
Ozodlik manbalari ushbu iste’foni o‘tgan yilning 26-oktyabr kuni Qibray tumanida Prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd bilan bog‘lashgan.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Lavozimdan bo‘shatilishi ortidan Xavfsizlik kengashi kotibiyati ixtiyoriga o‘tkazilgan general Azizov 2024-yil 4-dekabr kuni prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.